Текст песни Jaloliddin Ahmadaliyev - Janonim

Visoling dil qumsaydi qaysar yurak ko'nmaydi
Bundan og'ir dard bo'lmaydi janonima janonim
Daydi dilim telba dilim takrorlaydi isming tilim
Anor ko'ksim tilim-tilim hayronima hayronim

Yetolmayman imkonim yo'q uzun yo'llar bo'ldi qisqa
Muhabbatsiz o'lganim yo'q janonima janonim
Sevdim desam kulgandinga sezdirmayin kuyganding a
Meni yomon suyganding a sarsonima sarsonim

Vasling izlab kim topdi mehring izlab kim topdi
Bizga baxt eshik yopdi armonima armonim
Ozoringdan o'lsaydim qolmasmidi armonim
Suymasang ham suysaydim janonima janonim

Gulga qiyos etmam sira sen qalbim tilib ketgan
Gul tikonim mendan so'ra yomonima yomonim
Yuragimga tig'dek botar gulim desam tikoning
Ikki otda kuyib o'tar kamroning a kamroning

Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Janonim от исполнителя Jaloliddin Ahmadaliyev, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Jaloliddin Ahmadaliyev - Janonim
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям