Текст песни Erkinxo'ja Akromxo'jayev - Bu qanday zamon bu

Boshini silasang ko'ppka tishlaydi
Arpadan to'ydimi baytal kishnaydi
Bola g'irt bekorchi ota ishlaydi
Bu qanday zamon bu men bilmay qoldim

Hurmating izzating ishi bitguncha
Luqmada ishonch yo'q chaynab yutguncha
Mezbon oshiqadi mehmon ketguncha
Bu qanday zamon bu men bilmay qoldim

Til suyaksiz so'zlar tinmay betayin
Bandana ko'p rozi shayton ullayin
Uyda erkak emas xotin xo'jayin
Bu qanday zamon bu men bilmay qoldim

Bugun hamma aqil hamma mavlono
Birov birovdan zo'r aqilli dono
Lek haqni unuttik Astag'firullah
Bu qanday zamon bu men bilmay qoldim
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Bu qanday zamon bu от исполнителя Erkinxo'ja Akromxo'jayev, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Erkinxo'ja Akromxo'jayev - Bu qanday zamon bu
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям