Текст песни Zulayho Boyhonova - O'xshaydiku

O’ylasam, shu dilbarim, makkorga o’xshaydi-ku,
Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku.
Ul kuni ko’ngil niqobin ochibon man xastani,
Ishqidin bo’ynimga solgan dorga o’xshaydi-ku.

To bu dam olmas xabar, bo’ldi yuraklar chok-chok,
Sho’xi zolim xiyla dilozorga o’xshaydi-ku.
Nargizi aylay muruvvat, desa qo’ymas ko’zlari,
Xanjari mujgonlari xunxorga o’xshaydi-ku.

O’zicha qilmas manga buncha jafo-yu jabrini,
Anga o’rgatgan magar ag’yorga o’xshaydi-ku.
Endi, jon, qilg’il sabrlar, necha yillar kelmadi,
Man kabi bechoradin bezorga o’xshaydi-ku.

O’ylasam, shu dilbarim, makkorga o’xshaydi-ku,
Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku.
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни O'xshaydiku от исполнителя Zulayho Boyhonova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Zulayho Boyhonova - O'xshaydiku
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям