Текст песни Ahror Madrahimov - Shayton qullari

Shaytonni o'ziga nikohlaganlar
To'yiga nafsini  guvohlaganlar
Qalbiga riyodan imorat qurib
Uni hirs loyida suvoqlaganlar
Shaytonni o'ziga nikohlaganlar

Manzilin topmagan
Olis yo'l yurib
ko'ngli oqarmagan
Sochga oq kirib
Iymonni bolasin
O'g'li o'ldirib
Shayton farzandiga to'lg'oqlaganlar
Shaytonni o'ziga nikohlaganlar

Tovonin tikonga tutgan notavon
Poyinga gul tutmas yod yurt hech qachon
Yonmasdan kul bo'lib
Ketmog'i ayon
Yozning chillasida chaqmoqlaganlar
Shaytonni o'ziga nikohlaganlar
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Shayton qullari от исполнителя Ahror Madrahimov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Ahror Madrahimov - Shayton qullari
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям