Текст песни Azisa Radjabova - Yaxshi bo'ldi (monolog)

Yaxshi bo'ldi sendan ayrildim
Ketmog'im uchun topib berding yo'l
Bu dunyoda seni topdim deb
Yo'qotibman o'zimni butkul
Yaxshi bo'ldi yechildi bugun
Oyog'imdan bu zanjir bu g'o'l
Ikki dunyo seni shohim deb
Qul qilibman o'zimni butkul
Yaxshi bo'ldi yomon bo'lsa ham
Yuragimni ezsa ham darding
Men aqlini topgan telbaday
Poylaringdan boshim ko'tardim
Kechir
Ozor berib mehrimla
Zeriktirdim men sodda men go'l
Bu dunyoda seni borsan deb
Boshqalardan kechibman butkul
Xudoyimning jazosi qutlug'
Sendan ketdim ey qahrli go'l
Shukur shukur seni yod etib
Unutmabman Xudoni butkul
Shuning uchun ham omon bo'lgin
Men bariga silkib qo'ydim qo'l
Angladimki seni yo'qotsam
Xudoyimni topaman butkul
Endi xayr endi alvido
Bari ro'yo bari sarob kul
Dargohinga sig'maganimday
Yuragimga sig'maysan butkul
Men mehrmand telba go'dakday
Ko'z yoshimga toyrildim
Yaxshi edi seni topganim
Yaxshi bo'ldi sendan ayrildim
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Yaxshi bo'ldi (monolog) от исполнителя Azisa Radjabova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Azisa Radjabova - Yaxshi bo'ldi (monolog)
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям