Текст песни Javohir Qahhorov - Dunyoni qizg'onma

Dunyoni qizg'anma
Mendan azizim
Men sening ko'changdan
O'tmasaman zinhor

Mening bu olamda
O'z aytar so'zim
Va va o'zim sig'inar
Mozorlarim bor
Sen yurgan tog'larda
Qolmagay izim
Sen kechgan daryodan
Kechmasman aslo

Dunyoni qizg'anma
Mendan azizim
Sen ichgan buloqdan
Ichmasman aslo
Sen ichgan buloqdan
Ichmasman aslo

Dunyoni qizg'onma
Mendan azizim
Qalbingni yoqmasin
Shubha va so'roq
Men o'zga manzilga
Tikkanman o'zim
U sening kulbangdan
Juda ham yiroq

Dunyoni qizg'anma
Mendan azizim
Sen ichgan buloqdan
Ichmasman aslo
Sen ichgan buloqdan
Ichmasman aslo
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Dunyoni qizg'onma от исполнителя Javohir Qahhorov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Javohir Qahhorov - Dunyoni qizg'onma
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям