Текст песни Avazbek Alimov - Farzandim

Qizbolaga atlas ko`ylak yarashmaydimu
Chamanzorda ra’nogulga qarashmaydimu
Inson baxtin farzand bilan sanashmaydimu
Farzanding bor, dilbanding bor, davlating shudir
Yurt quvonchi, uy yupanchi, savlating shudir


O`gil, qizim – farzandim, ishq bog`ida payvandim
Bog`lanib bandu-bandim, sog`inganda o`rtandim
Farzandim – shakar, qandim
Farzandim – asal, qandim


O`nta bo`lsa o`rni boshqa, umring niholin
Ota-ona kecha-kunduz o`ylar iqbolin
Ardoqlaydi farzandining ko`rib kamolin
Farzanding bor, shunqoring bor, bahoring shudir
Farzanding bor, yodgoring bor, chinoring shudir


Asl farzand muroddur yo Nodir-o, Farhoddur
O`gil-qizlar qanotdur, farzand baxt-saodatdur
Farzand baxt-saodatdur


Ming tasanno, ming ofarin, mehribon ona
O`gil-qizlar jasorati to`yga bahona
Yaxshi farzand o`stirganni qutlar zamona
Farzanding bor, uying kechar tinch-farog`atda
Yaxshi farzand yashnayversin chaman hayotda
Asl farzand yashayversin go`zal hayotda
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Farzandim от исполнителя Avazbek Alimov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Avazbek Alimov - Farzandim
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям