Текст песни Oybek Ergashev - Qadrimiz

Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar
Ishimiz bitkazmay qiynab yurganlar
Orqadan mayda gap chaynab yurganlar
Bugun cho'qqilarda bizlarni ko'rmish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Tuhmat toshlarini otgan do'stlarim
Bir paytlari meni sotgan do'stlarim
Bir dasturxonda tuz totgan do'stlarim
Dushmanga qo'shilib g'iybatim qilmish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Biz salom berganda olmagan alik
O'zin osmon bilib yashab shunchalik
Bugun esa har kun yo'llarlar tabrik
Bizning e'tiborga dillari zormish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Necha yil yordamga zor bo'lib yurdim
Omad kelarmikin menga ham derdim
Hech kim tushunmadi dildagi dardim
Iltimos deb borsak yuzlarin burmish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Qachondir bizlardan o'zini tortib
Kibr botqog'iga qolgandi botib
Indamay tursak ham bizga tosh otib
Besabab ismimni g'iybatga qormish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Ahad Qayum yig'lab shu she'rin bitdi
Halol mehnat qilib shu kunga yetdi
Tuhmatlar minnatlar jonimdan o'tdi
Do'stlarim oldida bezrayib turmish
Uni o'zim odam qilganman dermish

Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar
Bizlar haqda xato o'ylab yurganlar
O'zini yagona sanab yurganlar
Ortimizdan yolg'on suhbatlar qurmish
Uni o'zim odam qilganman dermish
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Qadrimiz от исполнителя Oybek Ergashev, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Oybek Ergashev - Qadrimiz
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям