Текст песни Yulduz Usmonova - Ay, dunyo

Bu dunyo tomoshagoh
O'yinchisi ko'p ekan

Aytilgan har yolg'onning
Suyunchisi ko'p ekan

Kuyib kuyib so'zlasang
Kulib kulib tinglashar
Gohida odamzoti
Tepilguvchi to'p ekan

Qoqilsang qovog'idan
Qor to'kar qarindoshing

Nokas yodiga tushar
To'yida yegan oshing

Osmonning uvvosini
Yerni savagan yomg'ir
Malomat bozorida
Talasharlar ko'z yoshing

Ay dunyo dunyo dunyo
Hammaga sotibsan go'yo

Ay dunyo dunyo dunyo
Ko'rganlaring barchasi ro'yo

Ay dunyo dunyo dunyo
Hammaga sotibsan go'yo
Ay dunyo dunyo dunyo
Ko'rganlaring barchasi ro'yo
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Ay, dunyo от исполнителя Yulduz Usmonova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Yulduz Usmonova - Ay, dunyo
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям