Текст песни 13-yoshli Mohinabonu - To'rt qadam

Sogʻinchim - oʻzing, jonim, bilasanmu?
Mehrim senda, jonim, sezasanmu?
Seni koʻrgim keladi,
Dunyoda yakka oʻzimniki degim keladi.
Toʻrt qadam qoladi yetishga senga.
Toʻrt qadam qoladi yetishga menga,
Lekin chekinamiz nega orqaga?
Qoʻrqamizmi baxtli boʻlishga?
 
Nega ishonmayman oʻzimga,
Nega ishonmaysan oʻzingga?
Axir, balki, bu taqdir,
Taqdir balki bu, axir.
Koʻz yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi, sen boʻlmasang kim,
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni?

Unutishga intildim seni, jonim,
Unutishga intilding meni, zorim.
Maʼno bormi, qalbimiz vayron axir,
Ayriliq azobi qanchalik ogʻir.
Nega ishonmayman oʻzimga,
Nega ishonmaysan oʻzingga?
Axir, balki, bu taqdir,
Taqdir balki bu, axir.

Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни To'rt qadam от исполнителя 13-yoshli Mohinabonu, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня 13-yoshli Mohinabonu - To'rt qadam
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям