Текст песни Asror Matyoqubov - Yaxshilik qilaylik

Azizlar yaxshilik qiling hayotda
Umrning o'tganin bilmay qolamiz
Jon bormu qazo ham bordur albatta
Qazoning yetganin bilmay qolamiz
Jon bormu qazo ham bordur albatta
Qazoning yetganin bilmay qolamiz
Tong zarrin nurlarin sochadi quyosh
Tong zarrin nurlarin sochadi quyosh
Kun bo'yi taftidan sarhush bo'lamiz
Va biroq ufqqa sekin qo'yib bosh
Quyoshning botganin bilmay qolamiz
Va biroq ufqqa sekin qo'yib bosh
Quyoshning botganin bilmay qolamiz
Tiriklik chog'ida ota onamiz
Duosin olaylik Jannat poyida
Ortidan muruvvat qilmoq befoyda
Ularning ketganin bilmay qolamiz
Ortidan muruvvat qilmoq befoyda
Ularning ketganin bilmay qolamiz
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Yaxshilik qilaylik от исполнителя Asror Matyoqubov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Asror Matyoqubov - Yaxshilik qilaylik
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям