Текст песни Rustamjon Sharipov - Kelasanmi derdim (cover Akbarali Ochilov)

Bugungiday ko’kdan
Yog’ilarkan nur
Nurafshon bog’larda
Uchrashar edik


Ko’ngilda bir ajib
Halovat huzur
Huzurbaxsh oqshomlar
Ajrashar edik


Kelasanmi derdim
Xayrlashar chog’
Kelaman deyarding
Sekin iymanib


Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib


Biz yurgan yo’llarni
Birga jamlasak
Borib kelish mumkin
Oyga piyoda


Lekin bag’rimizda
Ko’ngil jonsarak
Endi bu gaplardan
Kimga ne foyda


Kelasanmi derdim
Xayrlashar chog’
Kelaman deyarding
Sekin iymanib

Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib


O’sha bog’da yana
Uchrashib nogoh
Erta kelasanmi
Kelaqol desam


Sog’inchlar bag’ringni
O’rtasa-da moh
Kelaman demaysan
Kelging kelsa ham


Kelasanmi derdim
Xayrlashar chog’
Kelaman deyarding
Sekin iymanib


Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib


Kelasanmi derdim
Xayrlashar chog’
Kelaman deyarding
Sekin iymanib


Tilimning uchida
Hanuz shu so’roq
Hanuz yuragimni
Aylaydi mayib
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Kelasanmi derdim (cover Akbarali Ochilov) от исполнителя Rustamjon Sharipov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Rustamjon Sharipov - Kelasanmi derdim (cover Akbarali Ochilov)
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям