Текст песни Sardor Gafurov - Quyosh porlamoq uchun

Gul gulga egilib sokin bog‘ aro,
«Meni!» - deb shivirlab aytdi ohista.
Yel nafasi tegib gulbargga bir on
Birlashdilar go‘yo manguga.
Istaklari tushday shoista, lek barin
Oxirigacha anglamoqqa yo‘q imkon.
Nasib etmas axir ularga visol
Bu yorug‘ dunyoda balki hech qachon.

Quyosh – porlamoq uchun,
Havo – chaqnamoq uchun,
Lablar – sevgi tortig‘i,
Yurak ham firoq uchun.
Barchasini bo‘laklab,
Qoldirgum bir palak.
Bu dunyoda baxt yo‘q
Sening sevgingdan bo‘lak.
 
O‘tina olmayman men,
Kechirgansan, bilaman.
Ko‘z yoshim-la muhrlab
Seni mangu sevaman.
Barchasini bo‘laklab,
Qoldirgum bir palak.
Bu dunyoda baxt yo‘q
Sening sevgingdan bo‘lak.
Bu dunyoda baxt yo‘q
Sening sevgingdan bo‘lak...

Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Quyosh porlamoq uchun от исполнителя Sardor Gafurov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Sardor Gafurov - Quyosh porlamoq uchun
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям