Главная » Новинки » Yulduz Usmonova - So'roq » Текст песни

Текст песни Yulduz Usmonova - So'roq

So’roq qilaverma bosgan qadamim,
Toptayverma g’ayur ko’ngil chamanim.
Menga hokim faqat Ollohu Karim,
Senga nima kulsammi yo yig’lasam? 
So’roq qilaverma bosgan qadamim,
Toptayverma g’ayur ko’ngil chamanim.
Menga hokim faqat Ollohu Karim,
Senga nima kulsammi yo yig’lasam? 
Kaftingga to’kilmas ko’zimdagi yosh,
Men ko’ngil quliman, olovman bebosh.
Boshingga tushmaydi menga yoqqan tosh,
Panoh bo’lmaysanku panoh izlasam. 

Kaftingga to’kilmas ko’zimdagi yosh,
Men ko’ngil quliman, olovman bebosh.
Boshingga tushmaydi menga yoqqan tosh,
Panoh bo’lmaysanku panoh izlasam. 
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni. 

Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni. 
Bu til menikidir xohlaganin der,
Gunoh-savobimni menga qo’yib ber.
Senda gunoh yo’qmi, bor tavbangni qil,
Menga osilmasdan sen o’zingni bil. 
Bu til menikidir xohlaganin der,
Gunoh-savobimni menga qo’yib ber.
Senda gunoh yo’qmi, bor tavbangni qil,
Menga osilmasdan sen o’zingni bil. 

Istasam ko’nglimni soyga otaman,
Istasam oy bo’lib yerga botaman.
Unutma, men ham bir ojiz bandaman,
Farishta bo’lardim gunoh qilmasam. 
Istasam ko’nglimni soyga otaman,
Istasam oy bo’lib yerga botaman.
Unutma, men ham bir ojiz bandaman,
Farishta bo’lardim gunoh qilmasam.
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni. 
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni.
Tegma meni, suyma meni,
O’z holimga qo’y meni.
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни So'roq от исполнителя Yulduz Usmonova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Yulduz Usmonova - So'roq
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям