Текст песни Yulduz Usmonova - Yoqmadim

Men dunyoga yoqmadim dunyo menga yoqmaydi
Tunlar hamrohim mening ziyo menga boqmaydi
Omad tole bog‘idan baxt olmasin qoqmaydi
Qancha alam ko‘rmayin ko‘zimdan yosh oqmaydi
Shohmanmi, gadomanmi borar yerim qabrdir
Ko‘zlarimni zor qilgan kamyob tuyg‘u qadrdir
Odamzodga ovunchoq tagi Rahmon sabrdir
Biz uch kunlik lola-yu maskan dunyo adirdir
Azobi ne bo‘libdi do‘zax tuni oldida
Quvonchi quvonch emas Jannat nuri oldida
Yurar yo‘li yo‘l emas Sirot yo‘li oldida
Mangulikda ma'no yo‘q Mahshar kuni oldida
Men paydo bo‘lmay turib, taqdirim yaralgandir
Qilar gunohlarim-u savobim yaralgandir
Ne chora  beshik bilan tobut ham yaralgandir
Alloh bergan bu jonim Allohga atalgandir
Shohmanmi, gadomanmi borar yerim qabrdir
Ko‘zlarimni zor qilgan kamyob tuyg‘u qadrdir
Odamzodga ovunchoq tagi Rahmon sabrdir
Biz uch kunlik lola-yu maskan dunyo adirdir
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Yoqmadim от исполнителя Yulduz Usmonova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Yulduz Usmonova - Yoqmadim
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям