Текст песни Shax Atajanov - O'zim hofiz sevgan yorim to'yida

Kuylayurman nomus bilan, or bilan,
Yurak to`la armon bilan, zor bilan.
Zor titragan qo`limdagi tor bilan,
Kuyar bo`lsam, kuydim ko`ngil ko`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida.
Ko`ngil ichra go`yo gavhar topgandim,
Topgunimcha ortidan zor chopgandim.
Yillar hijron azobini totgandim,
Shirin hislar qoldi anhor bo`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida.
Oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Dilim vayron, vayron ko`ngil koshonam,
Torim yig`lar, yig`lar sevgim nishonam.
Taqdir ekan, na qilay sho`r peshonam,
Yolg`iz qolsam nahot hijron o`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida.
Ko`ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim,
Biz g`aribdan yor kechganin bilmasdim.
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim,
Tillo uzuk yaltiraydi qo`lida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida.
Oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни O'zim hofiz sevgan yorim to'yida от исполнителя Shax Atajanov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Shax Atajanov - O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям