Текст песни Dadaxon Hasanov - Bir kecha mehmoning bo'lay

Ko'zlaringga qarab tursam maylimu
Sochlaringni tarab o'rsam maylimu
Quchog'ingda sayrab tursam maylimu?
Xo'p degin bir kecha mehmoning bo'lay
Bir kecha bag'ringdagi joning bo'lay 
Bir kecha bag'ringdagi naqshing bo'lay
Bir kecha dunyoda eng yaxshing bo'lay
Shoiru oqin bo'lay baxshing bo'lay
Xo'p degin bir kecha xushxoning bo'lay
Bir kecha bulbul g'azalxoning bo'lay 
Siynalar intilmay isyon qiladi
Siynabanding bag'irni qon qiladi
Ko'zlarimni xonavayron qiladi
Xo'p de jonim siynabanding bo'layin
Tonggacha asalu qanding bo'layin 
Bir kecha men podshohing bo'layin
Yoki sen shoh bo'l gadoying bo'layin
Tonggacha zulm et adoying bo'layin
Xo'p degin bir kecha xoqoning bo'lay
Bir kecha men shohu sultoning bo'lay 
Seni deb dunyoga keldim ey sanam
Dalliyu devona bo'ldim ey sanam
Visolingga qachon to'ydim ey sanam?
Xo'p degin bir kecha mehmoning bo'lay
Bir kecha jismingdagi qoning bo'lay
Bir kecha men sening mehmoning bo'lay
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Bir kecha mehmoning bo'lay от исполнителя Dadaxon Hasanov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Dadaxon Hasanov - Bir kecha mehmoning bo'lay
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям