Текст песни Rustam Goipov - Atirgulim

Atirgulim atringni soch,
Mayli tikan horing bo'lay.
Ko'z tegmasin bo'yingga deb,
Tilovchi zor-zoring bo'lay.
Mayli bo'lay ko'zmunchog'ing,
Bo'yningda tumoring bo'lay.
Yiroq ketma ketsang agar,
Yo'lingda sardoring bo'lay.
Boring bo'lay, yo'g'ing bo'lay,
Yoningdagi yoring bo'lay.Yig'lamagil yig'latmagil,
Dunyoda yolg'iz o'tmagil.
Sevdim deya kuylay yonib,
Hargiz meni bo'zlatmagil.
Har dam yoningda o'ltiray,
Ket deb sira ham aytmagil.
Ko'zlar yonib, yuzlar qizib,
Aytgan so'zingdan qaytmagil.
Bog'lab bo'yningga qo'llarim,
Mayliga zunnoring bo'lay.
Boring bo'lay, yo'g'ing bo'lay,
Yoningdagi yoring bo'lay.
Mayli ming yil axtarsinlar,
Sendek go'zal dunyoda yo'q.
Qoshlar qalam, ko'zlar suzuk,
Lablari asal dunyoda yo'q.
Sensiz jahonning o'zi yo'q,
She'ru g'azal dunyoda yo'q.
Kelgil davo ber dardima,
Mendek kasal dunyoda yo'q.
Dunyo teng husning uchun,
Yolg'iz xaridoring bo'lay.
Boring bo'lay, yo'g'ing bo'lay,
Yoningdagi yoring bo'lay.
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Atirgulim от исполнителя Rustam Goipov, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Rustam Goipov - Atirgulim
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям