Текст песни Gulsanam Mamazoitova - Sevgi serialiga soundtrack

Aytsam, dardlarimning dostoni uzun,
Bo`ynimda taqdirning arqoni uzun.

Dunyoda eng g`amgin nimadir bo`lsa,
Undanda g`amginroq kuy mening ko`nglim.

Bog`lar orasimas, tosh orasida,
Kunduz yorug`imas, tun orasida,
Mehr faslidamas, qahr faslida

Bemahal gullagan gul mening ko`nglim,
Mening ko`nglim.

Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.

Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening ko`nglim.

Kulgan ko`zlarimni kulmas qildilar,
Tuzoqlar qo`ydilar, g`araz qildilar.

Qora niyatlarin qafas qildilar,
Shamollar uchirgan kul mening ko`nglim.

Shamol ham turtarkan onasi yo`qni,
Sassiz sarson bo`ldim, yo`qotdim yo`lni.
Yonimda bo`lsangiz, yig`lamasdim hech,

Sizga zor-intizor yo`l mening ko`nglim,
Mening ko`nglim.

Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.

Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening ko`nglim
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Sevgi serialiga soundtrack от исполнителя Gulsanam Mamazoitova, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Gulsanam Mamazoitova - Sevgi serialiga soundtrack
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям