Текст песни Munisa Rizayeva - Kuch ber

Qo'llarimga qarasam - besh qo'l barobar emas
Qo'yib bersang odam zot seni nimalar demas
Shukur, haqni taniyman, qalbim ko'zi ko'r emas
Bir kun men ham qariyman, hech kim abad zo'r emas
Ko'p gapirib birovni gunohlarin to'karkan odam
O'zgartira olmaydi haqdan boshqa odamni odam
So'rayman o'lgunimcha: "Gunohlarimga bo'lgin panoh"
"Kechirgin borliqni yaratgan, ey Robbim Alloh!"

Ko'zlarimga tik boqib aldaganlar yo'q emas
Odam qorni to'ysa ham ko'zlar sira to'q emas
Omad ketsa qo'lingdan seni hech kim yo'qlamas
Boringdachi, yoningda: "Do'stingman" deb to'xtamas
Ko'p gapirib birovni gunohlarin to'karkan odam
O'zgartira olmaydi haqdan boshqa odamni odam
So'rayman o'lgunimcha: "Gunohlarimga bo'lgin panoh"
"Kechirgin borliqni yaratgan, ey Robbim Alloh!"

Ko'p gapirib birovni...
O'zgartira olmaydi...
So'rayman o'lgunimcha: "Gunohlarimga bo'lgin panoh"
"Kechirgin borliqni yaratgan, ey Robbim Alloh!"
Ko'p gapirib birovni gunohlarin to'karkan odam
O'zgartira olmaydi haqdan boshqa odamni odam
So'rayman o'lgunmcha: "Gunohlarimga bo'lgin panoh"
"Kechirgin borliqni yaratgan, ey Robbim Alloh!"
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Kuch ber от исполнителя Munisa Rizayeva, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Munisa Rizayeva - Kuch ber
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям