Текст песни Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar

Men yashayman bezab dil qasrin,
Tushunay deb hayotning aslin,
Chin mehrga diydorga tashna
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

G'iybat qilmay turolmaslar bor ,
Baxting kulsa ko'rolmaslar bor,
Yiqilsang hol so'rolmaslar bor,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Bir so'z aytsang siringni ochib,
Jigarim deb dardingni sochib,
Yiqilganda ketmasin qochib,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Do'stlar borki, manfaat kutgan,
Do'stlar borki, qo'lingdan tutgan,
Do'stlar borki, lavzin unutgan,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!

Ko'rsa ko'ngil yashnab ketganda,
Sog'inganda, yo'ling kutganda,
Bir so'z bilan qisqa aytganda,
Oqibatli do'stlar ko'paysin.

Ahad Qayum yozgin dil yorib,
Yaqinlardan yurma hech nolib,
Yo'qlab kelar bir yodga solib,
Oqibatli do'stlar ko'paysin.

Men yashayman bezab dil qasrin,
Tushunay deb hayotning aslin,
Chin mehrga diydorga tashna,
Oqibatli do'stlar ko'paysin!
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Oqibatlik do'stlar от исполнителя Ahad Qayum, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Ahad Qayum - Oqibatlik do'stlar
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям