Текст песни Ahad Qayum - Muhabbat va nafrat

Bugun bir insonning qo'lidan tutdim
Ammo boshqasidan kechdim, unutdim
Ne qilay dardlarim ichimga yutdim
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat

Yolg'izlar shahrining nolasidaman
Bugun ikki o'tning orasidaman
Vaslingga yetmoqlik chorasidaman
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat

Kutilmagan sevgi, kutilmagan baxt
Kutilmagan qayg'u, kutilmagan dard
Ne uchun kechikib kelding jonim ayt
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat

Kimdir senga zoru, sen kimgadir zor
Bir paytda ikki dil senga umidvor
Bir tomonda yurak yig'laydi nochor
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat

Hayotim yozsangiz bir kitob bo'lar
Ahad Qayum endi ming g'amga to'lar
Yardor qush kabi bir oshiq yig'lar
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat

Bugun bir insonning qo'lidan tutdim
Ammo boshqasidan kechdim, unutdim
Ne qilay dardlarim ichimga yutdim
Bir yonda jahannam, bir yonda jannat
Bir yonda muhabbat, bir yonda nafrat
Поделиться текстом песни:
Здесь Вы сможете узнать слова песни Muhabbat va nafrat от исполнителя Ahad Qayum, а также скачать или прослушать сам трек.
Песня Ahad Qayum - Muhabbat va nafrat
Cлушать
Скачать

Слушайте новинки музыки на телефоне под Android и iOS (iPhone) без задержек.

Правообладателям